04 avg 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Yan Blaxovich nokautga uchraganidan keyingi holatini ko'rsatdi (FOTO)
Serbiyaning Belgrad shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 283 turnirida mag'lubiyatga uchragan UFC'ning yarim og'ir vazn toifasida sobiq chempioni Yan Blaxovich yuzidagi jarohatlari aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqda elon qildi.
Polyak aralash yakkakurash ustasi mazkur turnirda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yangi zelandiyalik Navaxo Stirlingga qarshi oktagonga ko'tarildi. Turnirning ikkinchi asosiy jangi maqomiga ega bo'lgan to'qnashuv birinchi raundda Stirlingning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
Blaxovich ijtimoiy tarmoqda jarohatlangan yuzining suratini ulashar ekan, unga: «Kollekciyamga yana bir chandiq qo'shildi», — deya izoh qoldirdi.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar