23 noy 07:22
Yangiliklar
Tennis
Yana bir tennischi faoliyatini yakunladi
Pablo Anduxar Valensiyadagi "CHellenjer" turnirida Martin Landalusga yutqazib qo'ydi.
SHu orqali 37 yoshli Anduxar faoliyatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.
2016 yilning martidan 2017 yilning apreliga qadar u tirsagidagi jarohati sababli uch marta operaciya qilindi. SHu sababli ham u reytingda juda pastlab ketdi. Turlarga qaytganidan keyin u 6 marta "CHellenjer"larda g'olib bo'ldi, US Open-2019'da ikkinchi davragacha etib bordi. SHuningdek, reytingda Top-60ga qaytgandi.
Ammo jarohatlar o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Natijada Pablo faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 2003 yildan buyon professional tarzda faoliyat olib borayotgan Anduxar ATP tasnifidagi 4 ta sovringa ega chiqqan. Uning reytingdagi eng yuqori poziciyasi 32-o'rin bo'lgan.
Havola :
Manba : twitter.com/ATPChallenger
Fikrlar