09 iyu 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222394_220.jpg)
Yana o'sha mavzu. Fyuri nafaqaga chiqqanini yana bir bor eslatib qo'ydi
Og'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri promouteri Bob Arumning u haqida aytgan gaplariga izoh berdi.
Bob Arum Taysonning faoliyatini yakunlash bo'yicha yakuniy qarorini Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangidan so'ng elon qilishini aytgan edi.
"Faoliyatimni qayta davom ettrishim kerakligini o'qib qoldim. Bu men uchun yangilik. Men nafaqada qolaman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tish joiz, Tayson Fyuri faoliyatini yakunlash qarorini aprel oyida, aniqrog'i Dillian Uayt ustidan g'alaba qozonganidan so'ng elon qilgan edi.
Avvalroq, Usik — Joshua revansh jangi kechiktirilishi mumkinligi hamda jangning yangi ehtimoliy sanasi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar