28 okt 13:21
Yangiliklar
Engil atletika
Yarim marafonchimiz Valensiyada o'z rekordini yangiladi
Ispaniyaning Valensiya shahrida “Medio Maratón Valencia Trinidad Alfonso Zurich” xalqaro yarim marafoni o'tkazildi.
Nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi SHohrux Davlatovham munosib ishtirok etib, o'z rekordini yangiladi. Valensiya shahrida tashkil etiladigan yarim marafon dunyodagi eng yuqori vaqt ko'rsatiladigan musobaqa hisoblanadi. Boisi, so'nggi 10 ta jahon rekordidan 8 tasi ushbu manzilda qayd etilgan.
Dunyoning 120 ta mamlakatidan 25 ming nafar ishtirokchi g'oliblik uchun bahslashgan yarim marafonda SHohrux Davlatov 21 kilometrdan ziyodroq masofani 1 soat 01 daqiqa 48 soniyada bosib o'tib, o'z rekordini yangiladi.
Bu avvalgi rekorddan 1 daqiqa 45 soniyaga yaxshiroq ko'rsatkich bo'ldi. Yakunda ushbu natija bilan Davlatov 24-bo'lib marra chizig'ini kesib o'tdi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar