04 iyu 16:56
Yangiliklar
Zabit jiddiy jarohat sabab Raul bilan jang qilmaydi, uning o'rnini ukasi egallaydi (FOTO)
Avvalroq musobaqaning markaziy bellashuvida Zabit Magomedsharipov ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq u salomatligi bilan bog'liq muammolar tufayli turnirni tark etishga majbur bo'ldi.

Endi Hasan Magomedsharipov akasining o'rniga Raul Rosasga qarshi gilamga chiqadi. Bu haqda ACBJJ ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
35 yoshli Zabit Magomedsharipov professional aralash yakkakurashlardagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan. U 2017–2019 yillar davomida UFC promoushenida ishtirok etgan. Dunyoning eng nufuzli MMA tashkilotida Zabit 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
21 yoshli Raul Rosas esa 2022 yildan buyon UFC safida jang qilib kelmoqda. U tashkilotga Dana Uaytning Contender Series saralash turniri orqali yo'llanma olgan. SHu vaqtga qadar UFCda 8 ta jang o'tkazib, shulardan bittasida mag'lubiyatga uchragan. Uning professional MMA faoliyatidagi umumiy hisobi 13 ta g'alabani tashkil qiladi.

Fikrlar