12 fev 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Magomedsharipovning ukasi "Bellator" bilan shartnoma imzoladi
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipovning ukasi Xasan Magomedsharipov "Bellator" bilan shartnoma imzoladi.
"Bellator"ga kelishidan oldin 20 yoshli Xasan Fight Night Global va Gorilla Fight promoushenlari janglarida ishtirok etgan. Uning rekordi 5-0ni tashkil etadi.
Xasanning so'nggi jangi Fight Night Global 99 turnirida bo'lib o'tgan. O'shanda u birinchi raundda Mixail Tarxanovni texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Bellator
Fikrlar