So’nggi yangiliklar

02:11Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионати ярим финалига йўл олди 0 01:53Саиджамшид Жафаров чорак финалда ғалаба қозонди, ярим финалда "ўзбекча дерби" кўрамиз 0 01:34Фазлиддин Эркинбоев ҳам ЖЧ ярим финалида жанг қилади 0 01:17Асадхўжа Мўйдинхўжаев Қозоғистон вакилидан устун келди: яна бир медаль нақд! 0 00:20Абдумалик Халоков қозоғистонлик рақибни мағлубиятга учратиб, ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 23:22Навбаҳор Ҳамидова мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ ярим финалига чиқди 0 23:06Ҳуморабону Мамажонова ЖЧдаги иштирокини якунлади 0 22:31Феруза Казакова ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 20:05Тўрабек Хабибуллаев ҳам қозоғистонлик боксчини ЖЧдан чиқариб юборди 0 19:21ЖЧ-2025. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик Жаҳон чемпионини мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди 0 19:11Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди 0 18:50Шавкатжон Болтаевнинг иорданиялик боксчига қарши жанги якунланди 0 18:47Миразизбек Мирзахалилов ҳам ўз юришини чорак финалда якунлади 0 18:17Кадет қиличбозларимиз Осиё кубогида ҳозирча 3 та медалга эга чиқишди 0 17:52Олтиной Сотимбоева ЖЧда чорак финал жангини ўтказди 0

30 jan 08:46
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Jokovich yana taxtga qaytdi. Top-10`da 9 ta o'zgarish, Sultonov ikkinchi raketkamizga aylandi

Avstraliya Ochiq chempionati yakunlariga ko'ra ATP professional tennischilarning haftalik yangilangan reytingini elon qildi.

Unda bir nechta etiborga molik o'zgarishlar kuzatildi. Australian Open 2023 g'olibi Novak Jokovich qo'lga kiritilgan 2000 ochko evaziga yana reyting peshqadamiga aylandi. Serbiyalik tennis yulduzi 5-pog'onadan 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Ispaniyalik Karlos Alkaraz esa 2-o'ringa pastladi. Musobaqa finalchisi Stefanos Cicipas bir pog'ona yuqorilab, 3-o'ringa joylashdi. 

Top-10 tennischilari orasida birgina Feliks Oje o'z o'rnini saqlab qoldi. Kanadalik 7-o'rinni egallagan. Qolgan barcha tennischilar o'zaro joy almashishgan. O'tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qila olmagan Rafael Nadal 1955 ochko yo'qotib, 2-o'rindan 6-pog'onaga tushib ketdi. Avvalgi reytingda 8-o'rinda bo'lgan Daniil Medvedev (Rossiya) Top-10`ni tark etdi (12-o'rin).     

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 4 pog'onaga pastlab, ayni paytda 366-o'rinni egallab turibdi. Yangilangan reytingda Humoyun Sultonov ikkinchi raketkamizga aylanib oldi. Kecha u Quvaytdagi turnir vice-chempioniga aylangan edi. Denis Istomin esa aksincha 18 pog'onaga pastladi. Maksim SHin o'z o'rnida qoldi. Sanjar Fayziev 8, Mustafa Do'stov 5, Rahimbek Ibrohimov 4, Aziz Dadaboev esa 89 pog'onaga yuqorilagan.  


ATP reytingi. 30 yanvar kungi holat

1. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 7070 ochko

2. (1) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6730 

3. (4) Stefanos Cicipas (Greciya) - 6195

4. (3) Kasper Ruud (Norvegiya) - 5765

5. (6) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4200

6. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) - 3815

7. (7) Feliks Oje (Kanada) - 3715

8. (9) Teylor Fritc (AQSH) - 3410

9. (10) Xolger Rune (Daniya) - 3046

10. (11) Xubert Gurkach (Polsha) - 2995


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

366 (362). Sergey Fomin - 130

480 (491). Humoyun Sultonov - 80 

492 (474). Denis Istomin - 75

1107 (1107). Maksim SHin - 8

1166 (1174). Sanjar Fayziev - 6

1502 (1507) Mustafa Do'stov -2

1640 (1644) Rahimbek Ibrohimov - 1 

1717 (1806). Aziz Dadabaev - 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing