So’nggi yangiliklar

01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0

27 mar 06:07
Yangiliklar

SHaxmat, Voleybol

CHirchiqda o'qituvchilar o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi FOTOGALEREYA

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Toshkent viloyati xalq talimi tizimidagi talim mussasalari (maktablar) o'qituvchilari o'rtasida "Sog'lom tanda - sifatli talim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining Toshkent viloyati final bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat Xalq talimi boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligidagi mazkur bellashuvlarda viloyatning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq o'qituvchilari sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka turlari bo'yicha g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Murosasiz va yuqori saviyada o'tkazilgan bahslarining yakuniy natijalariga ko'ra ayollar o'rtasida shaxmat bo'yicha birinchi o'rinni Lobar To'ychiboeva (Toshkent t.) qo'lga kiritdi. Erkaklar o'rtasidagi shaxmat bahslarida Adham Haydarov (Bekobod t.) birinchi bo'ldi.

SHashka musobaqasida pskentlik Gulchehra Asrorova (Yangiyo'l t.), erkaklardan Rahmatilla Toshboev (Bekobod t) eng kuchli deb topildi. Stol tennisi bellashuvlarida esa Navbahor Matkarimova (Ohangron t.) hamda Sodiq Ikromov (Bekobod t.) birinchi o'rinni egallashdi.

Voleybol bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada Parkent tumani jamoasi birinchi, Ohangaron shahri jamoasi ikkinchi, Zangiota tumani jamoasi uchinchi bo'ldi. Mini-futbol bo'yicha erkaklar o'rtasidagi musobaqada Olmaliq shahri jamoasi birinchi, Bo'ka tumani jamoasi ikkinchi, Nurafshon shahri jamoasi uchinchi o'rinni egallashdi.

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Bekobod tumani jamoasiga musobaqa kubogi hamda 30 000 000 so'm pul mukofoti topshirildi.

Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov, O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi Toshkent viloyati kengashi raisi Murodjon Nosirov, og'ir atletika bo'yicha olimpiya o'yinlari g'olibi Ruslan Nurudinov ishtirok etdi.

— Mazkur musobaqalarning birinchi va ikkinchi bosqichlarida 20 mingdan ortiq umumiy o'rta talim maktablari o'qituvchilari ishtirok etgani jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashayotganidan darak, - deydi Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining ommaviy tadbirlarni tashkil etish shubasi mutaxassisi Doniyor Qodirov. - Bugun esa guvohi bo'lganingizdek, viloyat final bosqichi murosasiz va qiziqarli bo'ldi. Ayniqsa,  xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan voleybol bellashuvlari ko'taringki ruhda va shiddatli, tassurotlarga boy tarzda  o'tdi. Musobaqani o'tkazishdan bosh maqsad — o'qituvchilarning jismoniy faolligini oshirish, talim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish orqali ularning jismoniy faolligini oshirish kabi qator vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing