So’nggi yangiliklar

01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0

25 mar 12:31
Yangiliklar

Tennis

Namanganga tennis qaytmoqda! Gullar shahrida o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir o'tkaziladi

Teglar :  NamanganJ 30
Bugun Namangan shahrida tennis bo'yicha yoshlar o'rtasida ITF J 30 musobaqasi start oladi.

Uzoq tanaffusdan so'ng, O'zbekistonda tennis rivojlangan kam sonli hududlardan biri bo'lgan Namanganga yana eng jozibali sport turlaridan biri qaytmoqda.

O'zbekiston tennisiga Humoyun Sultonov, Aziz Dadaboev kabi terma jamoa azolarini tarbiyalab bergan Namangan viloyatida yana musobaqalar o'tkaziladi. Umuman olganda, professionallar uchun deyarli turnirlarsiz qolgan O'zbekiston tennisida oldinga siljish bor. Asta-sekinlik bilan viloyatlarimizga ham musobaqalar qaytmoqda, o'smirlar o'rtasida bo'lsa-da.


Namangan shahridagi "Do'stlik" kortlarida profesional tennischilar o'rtasida so'nggi bor 2020 yilda J3 turniri o'tkazilgan edi, 2019 yilda esa "Fyuchers" turniri tashkillashtirilgan edi u erda . Bugun "Do'stlik"da o'smirlar o'rtasida J 30 xalqaro turnirining saralash bahslari start oladi.

Musobaqaning yigitlar va qizlar o'rtasidagi saralash bahslarida ham, asosiy to'r uchrashuvlarida ham 48 nafardan ishtirokchilar g'oliblik uchun kurashishi malum qilingan. Juftlik bahslari esa 24 juftlik o'rtasida o'tkaziladi.

Bahslar hard (qattiq) qoplamali kortlarda tashkillashtirilmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda o'zbekistonliklarni yaqqol favorit deyish mumkin. Musobaqada vakillarimizdan Artur Ibragimov (ITF-467), Bobur Madaminov (ITF-613) kabi yoshlar g'oliblik uchun kurashadi. SHuningdek, Namanganga 30 ITF Juniors reyting ochkosi uchun Italiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Avstraliya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlardan yosh raketka ustalari etib kelgan.


Qizlarimizdan esa Darya SHubina musobaqaning birinchi raketkasi sifatida tasniflanganini qayd etish lozim. 2005 yilda tavallud topgan Darya ITF Juniors reytingida 484-o'rinni egallab turibdi.

Yuqorida aytilganidek, musobaqaning saralash bahslari bugun start oladi. Asosiy to'r esa 27 mart kuni boshlanadi. Turnir 1 aprel sanasigacha davom etadi.

*Turnir doirasidagi o'yinlar har kuni soat 18:00 da boshlanishi aytilgan.

SHaxsan men Namanganda bo'lganimda, musobaqani arenadan tomosha qilgan bo'lar edim, ammo siz u erda bo'lsangiz, buning imkoni bor: shunchaki soat 18:00 da "Do'stlik" tennis klubiga tashrif buyuring va tennisimiz kelajak egalarini bevosita kuzating, o'yinlarni ko'rish uchun pul ham sarflamaysiz. Ha aytgancha, tennis kuzatgan holda iftorlik qilishning ham gashti boshqacha bo'lsa kerak!)

Diyorbek Mavlonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing