So’nggi yangiliklar

07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0

02 apr 13:48
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. CHirchiqda O'zbekiston chempionati yakunlandi + FOTO

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og'ir atletika bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqaning oltinchi kunigacha bo'lgan natijalar haqida avval batafsil xabar bergan edik. CHempionatning keyingni ikki kunligida yosh va umidli atletlar bilan birgalikda Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov, qoraqalpog'istonlik Rustam Jangabaev kabi nomdor sportchilar ham  chempionatda ishtirok etib, muxlislarga mahoratlarini namoyish etishdi. 

102 kg.da ishtirok etgan Ruslan Nurudinov dast va siltab ko'tarishda 165+195 kg. natija qayd etib, chempionlikka erishgan bo'lsa, qoraqalpog'istonlik Rustam Jangabaev dast ko'tarishda 200 kg. og'irlikni osonlik bilan o'ziga bo'ysundirdi. Ammo Jangabaev ancha oldin olgan eski jarohati tufayli siltab ko'tarish bahslarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. 

Musobaqani kuzatishlarimiz davomida amin bo'ldik-ki, milliy terma jamoa uchun munosib va ishonchli yosh atletlar avlodi bo'y ko'ratmoqda. Demak, og'ir atletkachilarning musobaqaning so'nggi kundagi natijalari bilan tanishamiz. 

Ettinchi kun. Yoshlar. 109 kg. vazn toifasi

1. Nurbol Abdirashitov (Toshkent v., 154+175 kg)-329 kg

2. Ruslan Irisbaev (O'zDJTSU, 143+175 kg)-318 kg

3. SHahriddin Abdunazarov (Qashqadaryo, 140+174 kg)-314 kg.


Kattalar. 109 kg.  vazn toifasi

1. SHarofiddin Amriddinov (Samarqand, 170+205 kg)-375 kg

2. Nurbol Abdirashitov (Toshkent v., 154+175 kg)-329 kg

3. Ruslan Irisbaev (O'zDJTSU, 143+175 kg)-318 kg.

Yoshlar. +109 kg vazn toifasi

1. SHaxboz SHokirjonov (CHOPSTTM, 146+175 kg)-321 kg

2. Ernazar Jannazaroa (Qoraqalpog'iston, 126+150 kg)-276 kg

3. Mansur Ermamatov (Qoraqalpog'iston, 110+140 kg)-250 kg 


Erkaklar. +109 kg. vazn toifasi

1. Muhammad Yusupov (Xorazm, 177+197 kg)-374 kg

2. Mirxosil Mirzaboev (Toshkent v., 160+190kg)-350 kg

3. SHoxrux Abdullaev (Toshkent sh, 111+141 kg)-252 kg.

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ishtirok etdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing