So’nggi yangiliklar

16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0 14:23"Деярли ҳар куни йиғлардим" 0 14:02Биволнинг менежери: "Бетербиев билан трилогия 2026 йилга қолдирилиши мумкин" 0 13:41Сергей Фомин Кесселдаги иштирокини бошлади 0 13:20Таэквондо терма жамоамиз аралаш жамоавий жуфтликда Жаҳон кубоги ғолибига айланди 0 12:59“Реал“ самолёти бўрон туфайли Нюарк аэропортига узоқ вақт қўнолмади 0 12:38Шахматчи қизларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқичига йўл олишди 0 12:17Илия Топурия: "Оливейра Царукянни бир неча маротаба финиш қилиши мумкин эди" 0 11:56Kocaeli European Judo Hopes. Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги турнирни 7 та медаль билан якунлашди 0 11:35"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди 0 11:14Рамазон Темировнинг Асу Алмабаев билан жанги бекор қилинишига допинг сабаб бўлди 0

31 avg 07:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasmiy xabar: O'zbekistonlik UFC jangchisi taqiqlangan modda qabul qilgani uchun ikki yilga chetlatildi

USADA tashkiloti hamyurtimizni ikki yilga UFC`dan chetlatdi.

Hamyurtimiz Liliya SHakirova UFC promoushenidan ikki yilga chetlatildi. Bu haqida antidoping tashkiloti USADA rasman xabar berdi. 

USADA`ning malum qilishicha, Liliya SHakirovaning test namunalaridan meldoniy moddasi topilgan. Ushbu modda har doim USADA tashkilotining taqiqlangan moddalar ro'yxatida bo'lgan. 

Bayonotda malum qilinishicha, har bir jangchi doping testi topshirish paytida, so'nggi 12 oy davomida istemol qilgan taqiqlangan moddalarini alohida deklaraciya to'ldirgan holda malum qilishi lozim. Agarda uning qon tarkibidan ushbu deklaraciyada ko'rsatilgan moddalar topilgan taqdirda ham jangchi aybdor deb hisoblanmaydi. SHunchaki, moddaning turiga qarab, u tanadan chiqib ketmaguncha janglarga qo'yilmaydi va qaytadan test topshiradi. 

Liliya SHakirova esa, yuqorida takidlangan deklaraciyani to'ldirish chog'ida meldoniy moddasi haqida biror malumot ko'rsatmagan. Bu esa jangchini ikki yilga chetlatilishiga sabab bo'lgan.

Taqiqlangan modda Liliya SHakirova 2020 yilning 5-dekabrida topshirgan namunalaridan topilgan. Diskvalifikaciya muddati aynan ushbu sanadan boshlab hisoblanadi va ikki yil amalda bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Liliya SHakirova 2020 yilning oktyabr oyida UFC`da debyut jangini o'tkazgandi. UFC 257 doirasida o'tkazilgan o'sha jangda hamyurtimiz Lauren Myorfiga mag'lub bo'lgandi.

Reyting: -2   

Fikrlar

   
31 avg 09:08:52
Ulugbek Abduvokhidov
Xech qisi yo'q Kuchli bo'lib qaytadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing