So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

19 apr 12:22
Yangiliklar

Tennis

SHirinliklar qirolichasi Mariya SHarapova yana bir yoshga ulg'aydi

Teglar :  Mariya SHarapova
Bugun rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova 35 yoshini nishonlamoqda.

Mariya SHarapova 1987 yil 19 aprelda Rossiyaning Nyagan shahrida tug'ilgan va to'rt yoshida, oilasi Sochida yashagan paytidan boshlab tennis bilan shug'ullanishni boshlagan. Mariyaga birinchi raketkani Evgeniy Kafelnikov sovg'a qilgan.

Olti yoshidan SHarapova Moskvada Martina Navratilovaning mahorat darsiga qatnashadi. Dunyoning sobiq birinchi raketkasi rossiyalik tennischining otasiga qizini Floridadagi Nik Bollettieri akademiyasiga yuborishni maslahat beradi. 1995 yilda Yuriy va Mariya SHarapovlar AQSHga ko'chib ketishdi. Yoshligida tennischiga modellik biznesi bilan shug'ullanishni taklif qilishadi, ammo Mariya undan bosh tortdi, chunki u sportni tark etishni istamadi.

Rossiyalik tennischi o'zining professional faoliyatini 2001 yilda boshlagan. Turdagi chiqishlari davomida u 36 ta WTA turnirida g'olib chiqqan va shu bilan birga 38.560.323 dollar mukofot puli ishlab olgan.

SHarapova “Ulkan toj” turkumidagi beshta musobaqada g'olib bo'lgan: 2004 yilda Uimbldon, 2006 yilda US Open, 2008 yilda Australian Open va 2012 va 2014 yillarda” Rolan Garros”. SHunday qilib, SHarapova karerasida “Ulkan toj” turnirlarini barchasini zabt etdi. SHuningdek, 2012 yilda Mariya London Olimpiya o'yinlarining kumush medal sohibasi bo'ldi.

2004 yil iyun oyida 17 yoshli Mariya Uimbldon finalida amerikalik Serena Uilyams ustidan g'alaba qozondi.


2005 yil avgust oyida Mariya o'z karerasida ilk marta dunyoning birinchi raketkasi bo'ldi. Umuman olganda, o'z faoliyati davomida SHarapova besh marta WTA reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib, dunyo tasnifining etakchisi maqomida jami 21 hafta o'tkazdi.

Juftlik bahslarida SHarapova uchta unvonga ega: 2003 yilda u Tamarin Tanasugarn bilan Tokio va Lyuksemburgdagi musobaqalarda g'olib chiqqan. 2004 yilda esa Mariya Kirilenko bilan birgalikda Birmingemdagi musobaqada g'alaba qozongan.

2012 yil avgust oyida SHarapova Sugarpova brendidagi shirinliklarni sotishni boshlaganini elon qildi. SHirinliklarning taqdimoti Nyu-Yorkda bo'lib o'tdi. Bugungi kunda ushbu mahsulot do'konlari Mayami, Los-Anjeles, Melburn, Moskva, SHtutgart, Uimbldon va dunyoning boshqa ko'plab shaharlarida faoliyat olib boradi.


2013 yil Uimbldon turniri bo'layotgan vaqtda Mariya jarohat oldi, shu sababli u mavsumning muhim qismini, shu jumladan, US Open va WTA yakuniy turnirini o'tkazib yubordi. Xuddi shu yili SHarapova Sven Gronefeld bilan hamkorlikda ishlay boshladi.

2012 yildan 2015 yilgacha bo'lgan davrda Mariya bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov bilan uchrashib yurgan, ammo 2015 yil iyul oyida Grigor SHarapova bilan ajrashganligini tasdiqlagan.

Xuddi shu mavsumda Mariya ketma-ket o'n birinchi marta Amerikaning Forbes jurnali tomonidan dunyodagi eng ko'p maosh oladigan ayol sportchilar ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.

2018 yil mart oyida tennischi birinchi bo'lib britaniyalik tadbirkor Aleksandr Gilkes bilan jamoatchilik oldida ko'rinish berdi. Bu juftlik 2020 yil dekabrida o'zlarining unashtiruvini elon qilishdi.

Sportchi francuz va rus oshxonalarini afzal ko'radi, bo'sh vaqtlarida u raqsga tushishni, kinoteatrga borishni va qo'shiq kuylashni yaxshi ko'radi.

2016 yil mart oyida Mariya o'zining Australian Open musobaqasida o'tkazgan doping-testi ijobiy natija berganini elon qildi. Mariyaning qonidan taqiqlangan meldronat preparati topilgan. Natijada, Rossiya vakilasi ikki yil muddatga rasmiy o'yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirildi, ammo keyinchalik Sport arbitraj sudi (CAS) sportchini musobaqadan chetlatish muddatini 15 oyga qisqartirishga qaror qildi. 

SHarapova 2017 yil aprel oyida kortga qaytdi. Diskvalifikaciya qilinganidan keyin uning birinchi turniri SHtutgart (Germaniya) da o'tkazilgan Porsche Tennis Gran Prix musobaqasi bo'ldi. Katta sportga qaytgandan so'ng, Mariya bitta musobaqada - Tyanczinda g'olib chiqdi. 2020 yil fevral oyida Mariya SHarapova Vanity Fair`da esse yozish orqali karerasini tugatish to'g'risida qaror qabul qilganini elon qildi.

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing