So’nggi yangiliklar

01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0

28 mar 11:56
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatining sport infratuzilmasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatidan iborat Respublika ishchi guruhi viloyatlardagi sport infratuzilmasini o'rganishda davom etadi.

Ushbu masala yuzasidan MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov hamda vazirlik bo'lim boshlig'i Akrom Nizametdinovdan Toshkent viloyatida bo'lishdi. 

Dastavval mutasaddilar Nurafshon shahriga tashrif buyurib, viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazishdi. Bunda hududlardagi sharoitlar, mavjud muammolar va ularning echimi bo'yicha fikr almashildi. 

Suhbat davomida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning hududiy bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish, musobaqalarni shaffof va odilona o'tkazish, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. 

Qolaversa, taqvim rejadan o'rin olgan hududiy sport musobaqalarini moliyalashtirish holati va ularni o'tkazish rejasi, “edo.ijro.uz” tizimida masullarga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi ham ko'zdan kechirildi. 

Yig'ilishda sohadagi faoliyatni raqamlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy ko'rib chiqilib, ish samaradorligini oshirish bo'yicha zarur topshiriqlar berildi. 

SHundan so'ng Nurafshon shahri va uning yaqinidagi bir qator sport obektlari ko'zdan kechirildi. O'rganish davomida sport maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, murabbiylar malakasini oshirish kabi ustuvor masalalar yuzasidan vazifalar belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing