So’nggi yangiliklar

15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0

24 mar 10:46
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentdagi xalqaro turnirda ochko yo'qotmagan shaxmatchi qolmadi. Uch shaxmatchimiz Top-5`da! (barcha natijalar)

Poytaxtimizda o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirda 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona surmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. U 4-turda qora donalarda hamyurti Saha Nilash (2460) bilan durangga imzo chekdi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) oq donalarda o'ynaganiga qaramay, reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan rossiyalik Dmitriy Rostovcev (2292)ni bilan murosaga keldi

Uchinchi turdan keyin ikki shaxmatchimiz Abdumalik Abdusalimov (2525) va Humoyun Begmuratov (2430) yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida borishayotgandi. Ularning har ikkisi ham 4-turda qora donalarda harakat qilganlariga qaramay, reytingda o'zlaridan yuqorida turgan taniqli grossmeysterlar bilan durang qayd eta olishdi. Abdusalimov vengriyalik Sanan Syugirov (2631), Begmuratov serbiyalik Aleksandar Indjich (2651) bilan durang o'ynadi.   

Almas Rahmatullaev bu turda yana bir hamyurtimiz Javohir Bozorovni enga olmadi. Sayidakbar Saydaliev esa qozog'istonlik Imangali Ahilbaydan ustun keldi va ochkolarini 3,5 taga etkazib oldi. Muhammadzohid Suyarov qora donalarda tojikistonlik Jaloliddin Ilhomini mag'lub etdi. 

Grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov (2550) kutilmaganda yana bir shaxmatchimiz Jo'rabek Ibodullaev (1936) bilan durang o'ynadi. Grossmeysterlarimizdan yana biri Ortiq Nig'matov (2501) kutilmaganda tojikistonlik Muhammad Husenxo'jaev (2350)ga yutqazib qo'ydi.  

To'rtinchi turdan so'ng ochko yo'qotmagan shaxmatchi qolmadi. Bir yo'la sakkiz nafar ishtirokchi 3,5 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida dastlabki sakkiz o'rinni egallab turibdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Sanan Syugirov peshqadamlik qilyapti. Singapurlik grossmeyster Tin Cingyao ikkinchi, hamyurtimiz Saidakbar Saydaliev uchinchi o'rinni band etgan. Humoyun Begmuratov to'rtinchi, Abdumalik Abdusalimov beshinchi pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing