15 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
39 yoshli "Kung-fu qiroli" Muslim Salixov UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Muslim Salixov (19-4-0) UFC 296 turniridagi jangi oldidan liga bilan shartnomasini yangiladi.
"Kung-fu qiroli" taxallusiga ega 39 yoshli jangchi liga bilan yana to'rtta jangga shartnoma imzolagan.
"Men UFC bilan yangi shartnoma imzoladim, menda to'rtta yangi jang bor. Anchadan buyon jang qilmagan bo'lsam-da, men yaxshi formadaman va doimiy tarzda shug'ullanyapman. SHunday ekan, bu yoshga bog'liq, deb o'ylamayman. Men yaxshi formadaman. Men ham UFC chempioni bo'lishni xohlayman", - dedi Salixov "Sport Ekspress" nashri bilan suhbatda.
Malumot o'rnida, Salixov UFC'da shu kungacha 9 ta jang o'tkazib, ularning 6 tasida g'alaba qozongan va 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan. U 17 dekabr tongida UFC 296 turniri doirasida Rendi Braunga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : СпортЭкспресс
Fikrlar