So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

23 iyu 12:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Abduraimovning jangi uchinchi marta ham o'tkazilmadi, aftidan promouter yaxshi emas!

AQSHda professional boksdagi faoliyatini boshlashga yaqin turgan charm qo'lqop ustamiz Elnur Abduraimov bizning vaqt bilan kecha o'zining prof ringdagi ilk jangini o'tkazishi kutilgandi.

Unga ko'ra, Abduraimov AQSHning Nyu-York shtati Kuinz shaharchasida ugandalik Sulaymon Segavaga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Lekin ushbu jang belgilangan muddatda o'tkazilmadi. O'sha boks oqshomi doirasida belgilangan qolgan jang o'tkazilgan, lekin Abduraimov ringga chiqmagan.

Abduraimovning debyut jangi avvaliga 20 aprel, keyin 18 may kuniga ko'chirilgandi. 18 may kungi jangga ikki kun qolganda topilgan raqib amerikalik Omar Etridj tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani uchun o'shanda jang bekor bo'lgandi. 

Afsuski, uchinchi urinish ham zoe ketdi. 2013 yilda prof boksdagi faoliyatini boshlagan Segava shu kungacha 11ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 10tasida g'alabaga erishgan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgandi. Yagona mag'lubiyatini shu yilning 28 aprel kuni Uilyam Fosterdan qabul qilib olgan edi.

Aftidan, Elnur Abduraimovning promouterlari yaxshi emas. Aks holda jang uchinchi marotaba ham bekor qilinmas edi. Bizga xabar berishlaricha, Elnur bilan mashhur murabbiy Pedro Dias ishlayapti. Lekin jang bo'lmaganidan keyin har qanday tayyorgarlikning ham foydasi yo'q. 

Reyting: -1   

Fikrlar

   
23 iyu 17:26:57
AlOk
Промоутерини алмаштириш керак
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing