16 iyu 11:40
Yangiliklar
AIBA Rio-2016 Olimpiadasi hakamlarini chetlatdi, ular orasida hamyurtimiz ham bor
“AIBA 36 nafar hakamning barchasini chetlatdi. Hozircha ularning qancha muddatga boks hakamligidan chetlatilgani aniq emas”, - deyiladi tashkilot tomonidan taqdim etilgan meyoriy hujjatda.
Eslatib o'tamiz, Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan Olimpiadaning boks musobaqasi hakamlari bir necha bor etiroz va tanqidga uchragan edi. Ayrim hakamlar musobaqa davom etayotgan paytdayoq chetlatilgandi. Olimpiada yakunlanganidan keyin AIBA hakamlik tizimini o'zgartirish haqida bosh qotira boshlagan edi.
Malumot uchun, Rio Olimpiadasida o'zbekistonlik hakamlardan AIBA referisi Jasur Qurbonov ham ishtirok etgan va janglarni boshqargan edi. O'tgan yili esa tashkilot prezidenti CHing-Kuo Vu o'z lavozimidan istefo bergandi. Ayni paytda AIBA prezidenti vazifasini hamyurtimiz G'ofur Rahimov bajarmoqda.
Fikrlar