19 sen 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45355_220.jpg)
Aleksandr Povetkin: “So'nggi imkoniyatdan foydalanishim shart”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida chempionlik kamarlariga davogar Aleksandr Povetkin Joshuaga qarshi jang oldidan yana bir bor o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik bokschi bu jang o'zi uchun chempionlik yo'lidagi so'nggi imkoniyat bo'lishini alohida urg'uladi.
“Men xotirjamman. Ko'tarkinki kayfiyatda yosh, kuchli bokschi bilan jang o'tkazish uchun Londonga yo'l olyapman. Bu men uchun katta imtihon. Balki, bu faoliyatimdagi chempionlik yo'lidagi so'nggi imkoniyatdir va bundan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman”, - dedi Povetkin.
Eslatib o'tamiz, uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua hamda rossiyalik davogar Aleksandr Povetkin o'rtasidagi chempionlik jangi 22 sentyabr kuni London shahridagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar