24 iyu 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Amir Xan Pakyaoni mag'lub eta olishiga ishonmoqda
Sobiq jahon chempioni Amir Xan Menni Pakyaoga qarshi jang qilishga tayyor.
"Bazida biznes birinchi planga chiqadi. Ana o'shanda do'stlikni bir chekkaga surib turish lozim bo'ladi. Biz Pakyao bilan uzoq vaqt bitta zalda mashg'ulotlar o'tkazdik. Men uni hurmat qilaman - u buyuk bokschi. Ammo, men Mennini mag'lub etaman. O'zimga ishonmaganimda unga qarshi jang qilmagan bo'lardim", - dedi Xan.
Eslatib o'tamiz, 8 sentyabr kuni Xan Birmingemda kolumbiyalik Samuel Vargasga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar