17 may 08:32
Yangiliklar
![](/upload/storage/38830_220.jpg)
Ana xolos! Elnurga raqib topildi, lekin jang o'tkazilmaydi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, besh karra O'zbekiston chempioni bo'lgan Abduraimovga jangga ikki kun qolganida ham raqib topilmayotgandi. Kecha raqib ham topildi. Lekin belgilangan jang ikkinchi marotaba ham o'tkazilinmaydigan bo'ldi.
Bunga Elnurning raqibi amerikalik Omar Etridjning tibbiy ko'rikdan o'ta olmagani sabab bo'ldi. SHifokorlar 27 yoshli Omarning boshi bilan bog'liq jiddiy muammo borligini sababli unga jang o'tkazish uchun ruxsat berishmadi. Hamyurtimiz esa tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgandi.
SHu tariqa, Elnur Abduraimovning jangi ikkinchi marotaba ham qoldirildi. Aslida Elnur 20 aprel kuni AQSHda ilk jangini o'tkazishi kerak edi. Lekin o'shanda raqib topilmagani sababli jang bekor bo'lgandi.
Fikrlar