30 apr 11:56
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti 4:2 hisobidagi g'alabadan keyin: "Jahlim chiqdi"
Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Almeriya"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
Murabbiy dastlab jarohat olib maydonni tark etgan Vinisius Junior haqida gapirdi.
"Vinisius Junior tizzasidan shikastlandi. Havotirli hech narsa yo'q, bir necha kun ichida safga qaytsa kerak. U keyingi o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi va Ispaniya kubogi finalidan oldin tayyor bo'ladi.
Jamoa barchasi hal bo'ldi deb o'yinni to'xtatib qo'ygani meni jahlimni chiqardi. SHogirdlarim 3:0 va 4:1 hisobida oldinda borganida shunday bo'ldi, bu biz uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi kerak. Bosimni kamaytirsak gol o'tkazib yuboryapmiz", – dedi "Real" bosh murabbiyi DAZN telekanaliga.
Havola :
Fikrlar