27 apr 09:13
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" 2016/17 yilgi mavsumdan so'ng ilk bor CHempionlar ligasida o'ynaydi
"Arsenal" CHempionlar ligasiga yo'l oldi.
Mikel Arteta jamoasi APLdagi 33 ta o'yindan so'ng 75 ochko to'plagan va turnir jadvalida etakchi bo'lib turishibdi.
Londonliklar ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 2 ochko ko'p jamg'arishgan. Biroq, "Siti" 2 ta o'yin kam o'tkazgan.
26 aprel kuni o'tkazilgan o'yinlardan so'ng "Arsenal" to'rtinchi o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'ldi. SHu sababli, "kanonirlar" keyingi mavsumda CHempionlar ligasidagi ishtirokni naqd qilib qo'yishdi.
Jamoa so'nggi marta 2016/17 yili ECHLda qatnashgandi. O'shanda londonliklar 1/8 finalga qadar etib borib, "Bavariya"ga imkoniyatni boy berishgandi.
Havola :
Manba : Opta
Fikrlar