So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

31 jan 07:46
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Aziz Abduhakimov qishki Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bilan videomuloqot qildi

Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Komiljon To'xtaev 4-20-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladigan XXIV qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi.

Sportchimiz tog' chang'isining slalom va gigant slalom yo'nalishlaridagi musobaqalarda qatnashadi. Hamyurtimiz qishki Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida shu yilning 6 yanvarida Italiyaga jo'nab ketgandi. SHu kunlarda u Italiyaning Bruniko shahri yaqinidagi Manguelfo qishlog'ida italiyalik trener Mattia Ganessi rahbarligida mashg'ulot olib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov kuni kecha sportchimiz bilan onlayn videomuloqot o'tkazdi. Videomuloqot avvalida vazir sportchimizning salomatligi va bo'lajak musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, qolaversa yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'radi. 

SHuningdek, bo'lajak qishki Olimpiya o'yinlarida Komiljon To'xtaevga omad tilagan holda uning ortida avvalo Prezidentimiz, yaqinlari, qolaversa ko'p millionlik yurtdoshlarimiz turganligini takidlab, undan barcha ijobiy natija kutayotganligini aytib o'tdi.

Videomuloqotda vazir Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida Sportning qishki va ekstremal sport turlariga ixtisoslashgan maktab-internat tashkil etilayotganini aytib o'tdi hamda Komiljon To'xtaevni mazkur talim dargohi faoliyatini yo'lga qo'yishda o'z amaliy takliflari va maslahatlari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing