13 may 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Beyder 15 soniya ichida Lavalni nokautga uchratdi
AQSHning San-Xose shahida aralash qoidalar bo'yicha Bellator 199 shousi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Gran-Pri turnirining chorak finali doirasidagi ushbu jangda Rayan Beyder va Muhammad Laval o'zaro to'qnash kelishdi.
Etiborlisi, jang 15 soniyagina davom etdi. Beyder qisqa “bokovoy” zarba evaziga Lavalni nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar