So’nggi yangiliklar

18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 0 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0

14 apr 18:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bilasizmi? Erkin kurash tarixi eramizdan avvalgi davrga borib taqaladi

Olimpiya oilasiga mansub erkin kurash tarixi ildizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi.

Malumki, har xil sport turlari bo'yicha kompleks sinovlar qadimgi yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Kurashchilar bellashuvlarida, hozirgi qoidalardan farqli o'laroq, raqibni safdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag'lub bo'lganligini tan olishga majbur qilish g'alaba mezoni bo'lib xizmat qilgan. Kurashda bunga raqibni bellashuvni davom ettirishdan mahrum qiluvchi samarali usullarni o'tkazish, eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab uni tizzada turishga majbur qilish yo'li bilan erishilgan. 

Qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar.

Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. XVIII asrdanoq bu erda shunday kurash varianti mavjud bo'lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan.

XIX asr Evropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi. Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg'ulotga aylandi. SHimoliy Amerikada erkin kurashni targ'ib qiluvchi yoshlar sport to'garaklari paydo bo'la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi hamda qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi.

1904 yilda AQSHda o'tkazilgan uchinchi Olimpiya o'yinlarida amerikaliklar mezbon sifatida o'z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga yunon-rum kurashi o'rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - AQSH vakillari edi. Keyingi Olimpiya o'yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o'yinlarida (SHveciya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar yunon-rum kurashi musobaqalarida qatnashdilar.

1921 yilda mazkur qo'mita Xalqaro havaskorlar kurash federaciyasiga (FILA) aylantirildi. Ushbu tashkilot 2014 yildan UWW, yani inglizcha talaffuzda (Yunayted Vord Vresling)ga aylantirildi. Etiborlisi, ushbu o'zgarish aynan Toshkentda o'tgan jahon chempionati doirasidagi Kongressda elon qilingan. UWW jahondagi eng yirik va tasir doirasi katta sport tashkiloti hisoblanadi. 

VII Olimpiya o'yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritib kelinmoqda. O'sha paytlarda Olimpiya o'yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o'z kuchini sinab ko'radigan yagona musobaqa edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar o'tkazilmasdi.

Birinchi Evropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o'tkazilgan. 

O'zbekistonlik kurashchilar mustaqillikka erishgunimizga qadar ham xalqaro maydonda katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Ular orasida ikki karra Olimpiada chempionlari, bir necha bor jahon chempionlari Arsen Fadzaev va Maxarbek Xadarstev, shuningdek uch karra jahon chempioni Aslan Xadarstevni alohida takidlash o'rinli bo'ladi. Ular qatorida E.Abduramanov, E.Yusupov, L.SHepilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing