So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

05 iyu 12:31
Yangiliklar

Qishki sport turlari

“Binokor” yoshlari xalqaro turnir g'olibi!

Teglar :  XokkeyXumoBinokor
Poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyi mezbonlik qilgan xokkey bo'yicha bolalar o'rtasidagi “TASHKENT CUP” xalqaro turnir yakunlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat xokkey federaciyasi tomonidan uyushtirilgan mazkur musobaqada O'zbekiston, Latviya, Qozog'iston va Qirg'izistondan jami 5 jamoa ishtirok etdi.

Xalqaro turnir g'olibligi uchun “Riga” (Latviya), “Qaysar” (Qozog'iston) va “Olg'a” (Qirg'iziston) jamoalari bilan birga mamlakatimizning “Binokor” va “Toshkent siti” klublari yosh xokkeychilari muzga chiqishdi.

Musobaqa Nizomiga ko'ra g'olibni aniqlash uchun davraviy tizimda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar o'rtasida hal qiluvchi final o'yini o'tkazilishi belgilangan edi.

Ikki kun davom etgan davraviy tizimdagi bahslar yakunida to'rt o'yinda to'rtta g'alaba qayd etgan Latviyaning “Riga” jamoasi yoshlari hamda uchta o'yinda g'olib chiqqan jamoamiz “Binokor” finalda bahs olib borishdi.

Hal qiluvchi o'yinda mehmonlar ustida 1:0 hisobida g'alaba qozongan “Binokor” yoshlari xalqaro turnir bosh sovrinini qo'lga kiritishdi.

Yana bir jamoamiz “Toshkent siti” musobaqada uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, to'rtinchi va beshinchi o'rinlar mos ravishda “Qaysar” va “Olg'a” jamoalariga nasib etdi.

Kecha ushbu xalqaro turnir g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston xokkey federaciyasi raisi o'rinbosari Iskandar SHodiev va boshqalar ishtirok etdi.

Musobaqada ikkinchi o'rin olgan Latviyaning “Riga” jamoasi murabbiylariga zar to'nlar kiydirildi. G'olib va sovrindor bo'lgan yoshlarga kubok va medallar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing