14 avg 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Bir necha professional bokschilarimiz Rossiyada jang o'tkazadi
19 avgust kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida uch nafar hamyurtimiz ringa ko'tariladi.
76.2 kgda Jaloliddin O'ktamov Kamerun vakili Daniel Negatga qarshi 61.2 kgda "Princ" laqabi bilan mashhur Ravshan Umurzaqov esa fillipinlik Eden Sonsona bilan 55.2 kgda esa Sardor Muzaffarov dog'istonlik charmqo'lqop ustasi Murod Rabadanovga qarshi jang olib boradi. Mashg'ulotlarni tajribali murabbiy Nabijon Ismanov olib bormoqda.
O'zbekiston professional boks Federaciyasi mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo'lishini tilab qoladi. Faqat olg'a o'zbek o'g'lonlari!
Professional boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar