08 sen 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan Lebedev nokaut evaziga g'alaba qozondi
Kecha oqshom Rossiyaning CHelyabinsk shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasi WBA yo'nalishida “tatildagi chempion” Denis Lebedev ishtirokida bo'lib o'tdi. Rossiyalik bokschi bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida janglarda ishtirok eta olmayotgan edi.
Lebedev turkiyalik Xizni Altunkayaga qarshi ringga ko'tarildi. Jang uzoq davom etmadi. Uchinchi raundda Lebedevning chap qo'lda yo'llagan aniq va kuchli zarbasidan so'ng Altunkaya nokautga uchradi. Referi sanoqni yakuniga etkazgan paytda ham turkiyalik bokschi o'rnidan qo'zg'ala olmadi.
Havola :
Fikrlar