11 avg 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Birinchi og'ir vaznda IBF reytingi elon qilindi, 1-o'rin egasiz
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida yangi IBF reytingi elon qilindi.
Ushbu yo'nalishning sobiq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev oltinchi o'ringa tushib ketdi. U bir necha kun avval ukrainalik Aleksandr Usikka imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Birinchi o'rin esa hozircha egasiz, yani vakant bo'lib turibdi. Keyingi pog'onalardan, aniqrog'i 2-5 o'rinlardan Ruslan Fayfer, Endryu Tabiti, Kevin Lerena va Yuriy Kashinskiy joy olgan.
Havola :
Fikrlar