12 jan 14:01
Yangiliklar
Birozdan so'ng sportchimiz qishki Olimpiya o'yinlarida startga chiqadi
Oldinroq xabar berganimizdek, bugun ushbu Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yagona sportchimiz Valeriya Kovalyova musobaqalardagi ishtirokini boshlaydi.
Qishki sport turlaridan tog' chang'isining gigant slalom yo'nalishida g'oliblik uchun kurash boshlaydigan hamyurtimizning chiqishlari Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da boshlanishi kutilmoqda.
Ushbu musobaqalar Lozanna shahridan taxminan 80 km uzoqlikda joylashgan Debrelis tog'li o'rmonida qishki sport turlariga ixtisoslashgan chang'i yo'laklari maydonida bo'lib o'tadi.
Ayni paytda sportchimiz Valeriya Kovalyova o'z murabbiyi Andrey Voronov bilan ko'tarinki kayfiyatda musobaqadagi dastlabki ishtirokiga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Biz bugungi musobaqalardan keyin ham Valeriyada alo kayfiyat saqlanib qolishiga ishonamiz.
Fikrlar