03 dek 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol nima sababdan Qirg'izistonda mashg'ulot olib borayotganini aytdi
Dmitriy Bivol 23 dekabr kungi raqibi Lindon Arturga qarshi jangga nima sababdan Qirg'izistonda tayyorlanayotganini aytdi.
"Ha, Bishkekda ilk marta mashg'ulotlarni o'tkazyapman. Jangga 2 oy qolganida SHtatlarga etib borishni reja qilgandik. Avvaliga jang 13 yanvar kuni bo'lishi aytilgandi, keyinchalik jang Saudiya Arabistonida bo'lishi aytildi. O'shanda jangga 6 hafta qolgandi. SHu sababli AQSHga borib mashg'ulot qilishdan mano bo'lmadi.
Mamlakatning ob-havosiga ko'nikishga 2 hafta kerak. Qo'pol qilib aytganda, biz shu erda qolishga qaror qildik. Bu erda xotirjam mashg'ulot olib boryapmiz va barchasiga ko'nikyapmiz", - dedi yarimog'ir vazn toifasidagi WBA chempioni Dmitriy Bivol.
Havola :
Manba : vsenabox.ru
Fikrlar