06 avg 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43088_220.jpg)
Bivol va Alvares birlashtiruvchi chempionlik jangi uchun rozilik berishdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO va WBA yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Eleyder Alvares hamda Dmitriy Bivol birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishga rozi ekanliklarini malum qilishdi.
WBA chempioni hisoblangan Bivol kecha Atlantik-Siti shahrida o'tgan jangda chempionlik kamarini himoya qildi. Kolumbiyalik Eleyder Alvares esa rossiyalik Sergey Kovalyovni mag'lubiyatga uchratib, WBO kamarini qo'lga kiritdi.
Ikkala bokschi ham birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishga rozilik berishgan. Bivol hamyurti uchun revansh olib, chempionlik kamarini yana Rossiyaga qaytarishni maqsad qilganini o'z intervyusida aytgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar