11 avg 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43309_220.jpg)
Bob Arum Pakyao bilan gaplashgani Filippinga keldi
Taniqli promouter Bob Arum sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao bilan muzokara o'tkazgani Filippinga keldi.
Pakyao bir muddat avval janglarini endi faqat o'zining shaxsiy promouterlik kompaniyasi - MP Promotions tashkil etishini malum qilgan edi. Aynan MP Promotions Pakyaoning yaqinda argentinalik Lukas Matissega qarshi kechgan chempionlik jangini tashkil qilgandi.
SHunday bo'lsada, Arum ushbu jangning AQSH hududidagi translyaciyasiga javobgar edi. Ayni paytda Arumga jiddiy raqobatchi sifatida britaniyalik promouter Eddi Xirn paydo bo'lgan. Translyaciya bozorini boy bermaslik uchun ham Arum Filippinga Paakyao bilan muzokara o'tkazgani kelgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar