05 avg 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov Yan Blaxovichni nokautga uchratgan sportchini jangga chorladi
Yarim og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik UFC top jangchisi Bogdan Guskov Yangi Zelandiya vakili Navaxo Stirling bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Tabriklayman, Navaxo Stirling! Muxlislar uchun ajoyib jang o'tkazishga nima deysan? Yan Blaxovichga tezroq sog'ayishini tilayman. Balki bir kun kelib yo'llarimiz kesishar", deb yozgan Guskov o'zining Instagram sahifasiga.
Navaxo 1 avgust kuni Serbiyada o'tkazilgan UFC Fight Night turnirida polshalik sobiq chempion Yan Blaxovichni birinchi raundda texnik nokaut orqali mag'lub etgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar