06 sen 08:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/44752_220.jpg)
Boks. Bugun Jizzax shahrida xalqaro turnir boshlanadi
Bugun Jizzax shahridagi Ravalliq mahallasidagi 11-umumtalim maktabida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi ananaviy xalqaro turnir start oladi.
"Fidoiy ustozlar" nomi ostida o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa bu yil 11-marotaba tashkil etilmoqda. Unda yurtimiz bokschilaridan tashqari Qozog'iston va Tojikiston Respublikalaridan kelgan yosh charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tarilishadi.
Xalqaro turnirda 2007-2008 yilda tug'ilgan bokschilar jami 8ta vazn (26, 28, 30, 32, 34, 36, 38, 40 kg) toifasida medallar uchun o'zaro bahslashishadi. Bugun soat 17:00da musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda ilk saralash janglari bo'lib o'tadi. Barcha g'olib va sovrindorlar esa 9 sentyabr kuni malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar