09 sen 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/44931_220.jpg)
Boks. Bugun Jizzaxdagi xalqaro turnirda g'oliblar malum bo'ladi+FOTO
Bugun Jizzax shahridagi Ravalliq mahallasidagi 11-umumtalim maktabida o'tkazilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi ananaviy xalqaro turnir yakunlanadi.
“Fidoiy ustozlar” nomi ostida o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa bu yil 11-marotaba tashkil etilmoqda. Unda yurtimiz bokschilaridan tashqari Qozog'iston va Tojikiston Respublikalaridan kelgan yosh charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tarilishyapti.
Xalqaro turnirda 2007-2008 yilda tug'ilgan bokschilar jami 8ta vazn (26, 28, 30, 32, 34, 36, 38, 40 kg) toifasida medallar uchun o'zaro bahslashishmoqda. Bugun soat 16:00da musobaqaning hal qiluvchi final janglari o'tkaziladi.
Etiboringizga barcha vazn toifalaridagi final juftliklarini havola qilamiz:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar