10 sen 15:09
Yangiliklar
![](/upload/storage/44987_220.jpg)
Boks. Jizzaxda xalqaro turnir bo'lib o'tdi+FOTO
“Fidoiy ustozlar” nomi ostida o'tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa bu yil 11-marotaba tashkil etildi. Unda yurtimiz bokschilaridan tashqari Qozog'iston va Tojikiston Respublikalaridan kelgan yosh charm qo'lqop ustalari ham ringga ko'tarilishdi.
Xalqaro turnirda 2007-2008 yilda tug'ilgan bokschilar jami 8ta vazn (26, 28, 30, 32, 34, 36, 38, 40 kg) toifasida medallar uchun o'zaro bahslashishdi.
O'z vazn toifalarida
26 kg Muhammadqodir Ahmedov (Farg'ona)
28 kg Fazogir Omonjonov (Ropqon)
30 kg Jahongir Azimjonov (Jizzax)
32 kg Temur Saidqosimov (Namangan)
34 kg Javlonjon G'aniev (Jizzax)
36 kg Aziz Kozimov (Farg'ona)
38 kg Sarvar Doniyorov (Qashqadaryo)
40 kg SHohjahon Alisherov (Samarqand)
g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Musobaqa yakunida tashkilotchilarning g'olib va sovrindorlarga medal hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Fikrlar