16 sen 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. ROZK kuchlilarni saralab berdi FOTO
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasining taqvim rejasiga muvofiq boks bo'yicha mamlakat chempionati o'tkazildi.
O'zbekiston terma jamoasi uchun munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida 9-16 sentyabr kunlari Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida tashkil etilgan mamlakat birinchiligida 2000-2001 yillarda tug'ilgan bokschilar ringga ko'tarilishdi.
Ushbu musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan jami 220 nafar bokschi ishtirok etdi. Musobaqaning g'olib va sovrindorlari tegishli darajadagi diplomlar hamda esdalik sovg'alari bilan takdirlanishdi.
O'zbekiston chempionati yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida 1-o'rin Andijon viloyati jamoasiga nasib etdi. Buxorolik bokschilar ikkinchi, Farg'ona viloyati terma jamoasi uchinchi o'rinni band etdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar