17 iyu 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42166_220.jpg)
Bokschi Meyvezer eng ko'p pul topgan mashhurlar reytingida birinchi bo'ldi, Ronaldu va Messi esa...
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Forbes jurnali talqini bo'yicha eng ko'p pul to'langan mashhurlar ro'yxatida birinchi bo'ldi.
Hisob-kitoblarga qaraganda Meyvezer o'tgan yili 285 million AQSH dollari ishlab topgan. Bu pullarning 275 millionini u MakGregor bilan jangda ishlab olgan. Konor ushbu ro'yxatda 12-o'rinda qayd etilgan.
Ikkinchi o'rinni esa aktyor Jorj Kluni (239 million) egaladi. Uchinchi pog'onadan esa model Kayli Jenner (166,5 million) joy oldi.
Meyvezerdan tashqari ushbu ro'yxatdan Messi (110 million), Ronaldu (108 million) kabi futbolchilar ham joy olishgan. Reytingga 24 nafar sportchi kiritilgan.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar