08 noy 05:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz jahon chempionatidan qaytib kelishdi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, 25 oktyabr - 6 noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo'yicha erkaklar o'rtasida jahon chempionati o'tkazildi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik bokschilar 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
CHempionatda qatnashgan terma jamoamiz vakillari bugun yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar