09 iyu 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Moskvada Rossiya terma jamoasiga qarshi jang o'tkazishadi
Moskva shahrida professional boks bo'yicha "Qitalar jangi" turniri o'tkazilmoqda.
Unda Osiyo terma jamoasi safida uch nafar bokschimiz jang o'tkazayotganligi haqida xabar qilgandik. Bokschilarimiz birinchi turda Afrika vakillarini mag'lubiyatga uchratishgandi.
Navbatdagi jang 11 iyun kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi. O'sha kuni Rossiya va Osiyo terma jamoalari o'rtasida quyidagi janglar tashkil etiladi:
-63 kg: Aleksandr Devyatov - Bahodur Usmonov (Tojikiston)
-68 kg: Xariton Agrba - Bobousmon Baturov (O'zbekiston)
-75 kg: Pavel Sosulin - Saparbay Aidarov (Qozog'iston)
-80 kg: Saveliy Sadoma - Odiljon Aslonov (O'zbekiston)
-92 kg: Muslim Gadjimagomedov - Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar