29 apr 13:50
Yangiliklar
Braziliya U-20 terma jamoasi JCHda ishtirok etadigan tarkibini elon qildi
Braziliya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ramon Menezesh jahon chempionatida ishtirok etadigan 21 nafar futbolchi ro'yxatini elon qildi. Bu haqda Braziliya futbol konfedereciyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Menezeshning ro'yxatidan "Palmeyras" iltimosiga ko'ra Janubiy Amerika U-20 turnirida ishtirok etmagan, ammo Jahon chempionatida qatnashishi kutilgan Endrik o'rin olmagan. SHuningdek, Libertadores Kubogining so'nggi finalchisiga aylangan va o'z mamlakatida eng yaxshi to'purar bo'lgan "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke ham ishtirok etmaydi. Biroq FIFA tomonidan tasdiqlangunga qadar yakuniy tarkibda o'zgarish bo'lishi ham mumkin.
Darvozabonlar: Mikael ("Atletiko"), Kayke ("Palmeyras"), Kauan Santos ("Flamengo")
Himoyachilar: Artur ("Amerika"), Andre Domenik ("Baiya"), Kayki Bruno ("Kruzeyro"), Kayki Fernandesh ("Almeriya"), Mishel ("Palmeyras"), Robert Renan ("Zenit")
Yarim himoyachilar: Marlon Gomesh ("Vasko"), Andrey Santos ("Vasko"), Gilerme Biro ("Korintians"), Ronald ("Gremio")
Hujumchilar: Markos Leonardo ("Santos"), Jovani ("Palmeyras"), Mateus Martins ("Uotford"), Mateus Nasimento ("Botafogo"), Savio (PSV), Kevin ("Palmeyras"), Jovani ("Korintians"), Pedrino ("Korintians").
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi "D" guruhida Italiya, Nigeriya va Dominikan Respublikasi bilan to'qnash keladi.
Avvalroq ushbu mamlakat vakillari o'rtoqlik uchrashuvida o'zbekistonlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag'lub etishgan edi.
Fikrlar