08 iyu 17:49
Yangiliklar
Brendon Moreno UFC'dan xafa bo'lgan Deyvison Figeredoga "otvet" qildi
"U nimani o'ylayotganini bilmayman — haqiqatan ham pul bilan bog'liq muammomi yoki shunchaki qo'rqoqlik. Uni qo'rqyapti demayman, sababi bu treshtokdan charchadim. Figeredo bilan ishni tugutganman. U jang qilishni istamaydi, bori shu. Kay Kara-Frans bilan juda muhim jang kutyapti meni, Figeredo esa, umid qilamanki, shu yil so'ngigacha biz ko'rishamiz.
Hozir u mo'may pul ishlashni istashini, eng engil vaznga o'tishini aytyapti, huddi kimgadir g'amho'rlik qilayotgandek. Agar Deyvison 135 funt vaznga o'tishga qaror qilsa, UFC uni o'z vaznida qoldirish uchun ko'proq pul to'laydi, deb o'ylashingiz mumkin. Ammo bunday bo'lmasligi aniq", - deya takidlagan meksikalik jangchi.
Malumot uchun, Brendon Moreno va Kay Kara-Frans o'rtasidagi jang 30 iyul kuni, Dallasdagi UFC 277 musobaqasi doirasida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Brendon Morenoni engib, o'ta engil vazn chempioniga aylangan Deyvison Figeredo UFC'dan xafaligi va o'z vaznini o'zgartirish niyatidaligi haqida xabar bergandik.
Fikrlar