05 iyu 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41477_220.jpg)
Briedis - Delore jangi Moskvada o'tkaziladi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayris Briedis 21 iyul kuni Moskvada navbatdagi jangini o'tkazadi.
Latviyalik 33 yoshli bokschining bu jangi Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) doirasida o'tkazilib, Briedis franciyalik 25 yoshli “Ciganskiy bombardirovshik” laqabli Brandon Delorega qarshi ringga ko'tariladi.
Rossiya poytaxtidagi ushbu boks oqshomining markaziy jangi aynan birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA va IBF chempioni rossiyalik Murat Gassiev WBC hamda WBO yo'nalishlarida jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida to'qnash keladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar