So’nggi yangiliklar

16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0

23 noy 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Bu dahshat! SHohjahon Ergashev faoliyatida ilk bor shuncha vazn tashladi + FOTO

Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan 26 noyabr tongida AQSHning Las-Vegasidagi "Michelob Ultra Arena"da katta professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, uning doirasida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev (23-0-0) IBF yo'nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriel Matias (19-1-0) bilan kamar uchun jang qiladi. CHarm qo'lqop ustamiz Las-Vegasga etib borgan va bugun Top Rank promouterlik kompaniyasiga qarashli zalda matbuot uchun ochiq mashg'ulot o'tkazdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, SHohjahon mana shu chempionlik jangi uchun 17 kilogramm vazn tashlashiga to'g'ri keldi. Bu haqda bokschimizning o'zi saytimiz muxbiri bilan suhbatda xabar berdi. 

"In SHa Alloh, uzoq kutgan jangimga oz fursat qoldi. Hozir ikki kilogramm ortiqcha vaznga egaman. Faoliyatimda ilk bor 17 kilogramm vazn tashlashga to'g'ri keldi. Bunaqasi hali bo'lmagandi. Ozg'in, kichkina bo'lib qolganimni qarang (kuladi). Murabbiylarim SHugar Hill, Bibi va CHemberslar bilan chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHugar Tayson Fyurining murabbiyi hisoblanadi. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Ergashev. 

Malumot uchun, 31 yoshli Ergashev so'nggi bor 2022 yilning avgustida Anxel Martines Ernandesga qarshi ringga chiqqan edi. Ushbu jangda SHohjaxon texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Bokschimiz hisobida 23 g'alaba (20 tasi nokaut) bor.

31 yoshli Matias esa shu yilning fevral oyida Xeremias Ponsega qarshi jang qilgan. Ushbu qarama-qarshilikda Sabriel muddatidan avval g'alaba qozonib, IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Uning hisobida 19 g'alaba (barchasi nokaut bilan) va bitta mag'lubiyat bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing