09 avg 18:53
Yangiliklar
"Bu ularga tasir qilardi". Xabib jang paytida raqiblari bilan tez-tez gaplashib turganini tushuntirdi
"Oktagon ichida men raqiblarim bilan ko'p gaplashardim. Kameralar buni faqat bir necha martagina qayd etgan, lekin men va raqiblarim o'rtasida ko'plab suhbatlar bo'lib o'tardi va bu ularga tasir qilardi", — deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi FREAK MMA akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.
"Burgut" o'zining so'nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo'lib o'tgan UFC 254 turnirida o'tkazgan. O'shanda uning raqibi UFC’ning engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getji bo'lgan. Jang rossiyalik sportchining ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan qozongan g'alabasi bilan yakunlangan edi. Nurmagomedov uchun bu g'alaba faoliyatidagi 29-si bo'lgandi. Jang yakunlangach, Xabib aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.

Fikrlar