14 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu yarimog'ir vaznda men ko'rgan eng yaxshi jang!"
Sobiq UFC jangchisi CHeyl Sonnen Glover Teysheyra va Irji Proxazka o'rtasida bo'lib o'tgan chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
"Gloverning bu takrorlanmas jangda g'alaba qozonishiga atiga 28 soniya etmadi. Bu yarimog'ir vaznda men ko'rgan eng yaxshi jang bo'ldi. Yaxshi janglar guvohiga aylanganman. Gustavsson — Jons ilk jangi ushbu to'qnashuvga qadar men ko'rgan eng yaxshisi edi.
Teysheyraning Proxazkaga qarshi jangi endilikda yarimog'ir vaznda men ko'rgan eng yaxshi jang bo'ldi", - dedi Sonnen.
Avvalroq, Glover Teysheyra mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga murojaat qilgani, Irji Proxazka esa navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur jangning to'liq videosini saytimizning telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin!
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar