07 iyu 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222131_220.jpg)
"Buzib tashlayman!" Mokaev Jumagulovni mag'lub etgan jangchiga "vyzov" tashladi
Kelib chiqishi dog'istonlik, hozirda Britaniya sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Muhammad Mokaev amerikalik Jeff Molinani oktagonga chorladi.
Molina UFC Vegas 56 turnirida qozog'istonlik Jalgas Jumagulovni mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Jeff Molina, men sen bilan Franciyada (sentyabr) yoki Abu-Dabida (oktyabr) jang qilmoqchiman. Ishon, buzib tashlayman!" — deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Mokaev.
Malumot uchun, Mokaevning UFC promoushenidagi debyuti amerikalik Kodi Dyordenga qarshi bo'lib o'tgandi. UFC Fight Night 204 turniri doirasida kechgan ushbu jangda Muhammad raqibini birinchi raundning 58-soniyasida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Avvalroq, Mokaevning keyingi raqibi amerikalik CHarlz Jonson bo'lishi va ushbu jang 23 iyul kuni UFC Fight Night turniri doirasida o'tkazilishi aytilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar