26 sen 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA
CHechenistonlik vazir Makgregorni “meksikalik tovuq” deb atadi
CHecheniston Respublikasi milliy siyosat, tashqi aloqalar, bosma va axborot vaziri Jambulat Umarov sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning Ramzan Qodirov shaniga aytilgan gaplariga munosabat bildirdi.
“Biz unga UFC ustasi sifatida hurmat bilan qarab kelayotgandik. Lekin so'nggi paytlarda u chegaradan o'tib ketdi. Konor o'zini masxaraboz va shoumendek ko'rsatyapti. Uning matbuot anjumanida Ramzan Qodirov hamda Xabib Nurmagomedovning otasi manziliga aytgan gaplaridan keyin bir fikrga keldim: u ruhiy nosog'lom!
Konor Makgregor shunchaki “mayda odam”ki, uni xatto Ramzan Qodirov ism-sharifi bilan yonma-yon yozish ham noto'g'ri bo'ladi. Xuseyn Xalievning vaziyat yuzasidan bildirgan fikrlarini esa to'liq qo'llab-quvvatlayman. Makgregor bu so'zlariga javob berishi shart. U o'zini meksikalik xo'rozdek xis qilib yubordi, aslida u ko'proq tovuqqa o'xshaydi”, - dedi Umarov.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar