04 iyu 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
CHempion jarohat oldi, Myurrey bilan jang qoldiriladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders mashg'ulot chog'ida oyog'idan jarohat oldi.
Buning natijasida uning Martin Myurreyga qarshi 23 iyun kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan jangi nomalum muddatga ko'chiriladi. Bu malumotni bokschining promouteri Frenk Uorren ham tasdiqladi.
Aslida ushbu jang 14 aprel kuni o'tkazilishi belgilangandi. Lekin o'shanda ham Sonders qo'lidan olgan jarohatini ro'kach qilib, jangning kechroq muddatga surilishiga erishgandi. Bu safar Martin Myurrey bunga ishonmadi va Sondersni bahona qilib, jangdan qochayotganlikda aybladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar